Qanday qilib to‘g‘ri printer tanlash mumkin?

Qani, toping-chi, kompyuterdan keyin qaysi texnikaga ofisda talab eng yuqori?

Albatta, printerga! Bundan tashqari, printer o‘quvchilar, talabalar uchun uyga vazifalarni tayyorlashda ( referat, kurs ishlari) eng muhim “yordamchi” hisoblanadi. Oilaviy hordiqning rasmini chiqarishda-chi? Bu yerda ham printer sizga yordamga keladi!

Agar referatlar yoki rasmlarni chop etish uchun internet-kafega yugurish joningizga tekkan, yoki ofis uchun eng optimal orgtexnikani izlayotgan bo‘lsangiz, u holda bu maqola aynan siz uchun.

Demak, printer xarid qilishdan oldin qaysi jihatlarga e’tibor qaratishimiz kerak?

  • Birinchi navbatda maqsadlarni aniqlab olish lozim;
  • Oq-qora yoki ranglisimi degan savolga javob berish; purkovchi yoki lazerlisini tanlash;
  • Servis ta’miri va sarflanadigan materiallar ta’minoti haqida o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi.

Endi hammasi haqida bir boshdan.

Nima uchun? Qayerga? Kim uchun?

Texnik parametrlarni o‘rganishdan oldin maqsadlar haqidagi savollarga javob bersak. Agar siz talaba bo‘lsangiz, u holda sizning birlamchi maqsadingiz sarflanadigan materiallar va servis xizmatiga kam xarajat qilib, referat va yordamchi fayllarni chop etishdir. O‘ta zamonaviy funksiyalardan (mobil telefondan boshqarish va boshqa imkoniyatlar) holi oq-qora printer buning uchun kifoya qiladi.

Ishonchli texnika ofis uchun ham kerak. Bunda sahifalarni chop etish tezligi, ishlatishdagi qulaylik va oddiylik, va albatta printerning narxi kabi ko‘rsatkichlar muhim hisoblanadi. HP Laser Jet M 15w modeli kichik firmalarga a’lo darajada mos keladi.

Ushbu printer yordamida uning analoglariga nisbatan 4 marta kam elektroenergiya tejagan holda oyiga 8000 tagacha sahifa chop etish mumkin. Ixcham korpus, yengiz vazn va Wi-Fi orqali chop etish funksiyalari esa yaxshi bonus bo‘la oladi.

Agar siz har kuni uyda referat, kurs ishlari va hatto kitoblarni(!) chop etsangiz, yoki ofisda juda ko‘p ish hujjatlarini nashrdan chiqarsangiz, yuqori nomi keltirilgan model bu ishni uddalay olmasligi mumkin.

Bunday ishlar uchun flagman NR – Laser Jet Pro M 426 fdn modelidan samarali foydalanishni maslahat beramiz. Mazkur printer daqiqasiga 308 ta yuqori sifatli sahifalarni chop etadi, nashr resursi esa bir oyga 80 000 ta sahifani tashkil qiladi. nusxa ko‘chirish, skanerlar, tarmoqqa ulanish funksiyalari va hatto avtomatik ikki taraflama bosma imkoniyatlaridan foydalaning, fakslar bilan esa yuqori aniqlik darajasida ishlash mumkin.

Yana shuni ta’kidlash kerakki, deyarli barcha NR printerlari shovqinsiz ishlaydi va hamkasblaringizga halaqit qilmaydi.

Rang qo‘shamiz!

Endi rangli printerlar haqida gaplashamiz. Rangli printer oddiy ofis yoki xonadon uchun ekzotikadir, u ko‘proq dizaynerlik kompaniyasi va frilans fotograflarga mos keladi. Rangli printerlarga xizmat ko‘rsatish biroz murakkab va chiqimli, ammo shunga qaramay, hatto professionallarga ham ma’qul keladigan hamyonbop modellar ham bor.

HP MFP 281 fdn – sokin, zamonaviy, va ixcham. “Sifatli nashr, a’lo rang uzatmasi, yaxshi tezlik”, “Oson o‘rnatish, qutidan oliboy ishlatish mumkin” — forumlarda ushbu printerga aynan mana shanday ta’rif beradilar.

Yana HP InkTank 415 modeli ham e’tiborga loyiq. Aynan uyga mo‘ljallangan chop etish texnologiyasi: hujjatlar va rasmlarni bosmadan chiqaring. Munosib narx va sifat nisbatidan foydalanib qoling.

U professionallar: dizaynerlar, arxitektorlar, muhandislar uchun maxsus yaratilgan bo‘lib, A-3 formatdagi nashr amalga oshiradigan HP PageWide texnologiyasi bilan jihozlangan. Printer Wi-Fi texnologiyas bilan jihozlangani uchun uni istalgan qurilma bilan simsiz ishlatish mumkin. Ilk nashr hajmi esa 15 000 sahifaga teng, arzon xizmat ko‘rsatish qiymati esa apparatning qolgan barcha ko‘rsatkichlarini a’lo darajada to‘ldiradi.

Hammasini va hozirning o‘zida mumkinmi?

Albatta! Oddiy tilda aytganda, bu yerda gap ko‘p funksiyali — “3 tasi 1 da” deb ataladigan qurilmalar haqida bormoqda. M28modeli rangli bosma, skanerlash va nusxa ko‘chirish funksiyalari bilan ta’minlangan. Bu HP turkumidagi eng yaxshi tanilgan printerlardan hisoblanib, to‘yingan rangdagi bosma, yuqori tezlik va boshqa optimallashgan universal funksiyalar tufayli har doim ofis yoki uyda diqqat markazida bo‘ladi.

Barcha funksiyalardan bir vaqtda foydalanishni istaganlar uchun ajoyib yechim.

Shundan so‘ng…

Printer sotib olayotganda har doim unga xizmat ko‘rsatish, kartridjni vaqtida almashtirish kerakligini yodda tutish lozim. Va albatta, servis ta’miriga ketadigan xarajatlarni, hatto nosozlik u qadar ahamiyatli bo‘lmasa ham, hisoblab chiqish kerak bo‘ladi.

HP markasi Markaziy Osiyodagi eng ommabop printerlardan hisoblanadi. Biz e’tiboringizga uy va ishda sizga foydali bo‘lgan qiziqarli modellar termasini havola qildik. Endi faqat o‘zingizga kerakli printerni tanlash qoldi, xolos.

Ushbu brend ostida ishlab chiqarilgan texnikani xarid qilib, hamyonbop narx evaziga optimal sifatga ega bo‘lishingizga to‘liq ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Omadli xarid tilaymiz!

Ushbu material O‘zbekistondagi IT-distribyutor — CA Distribution Company MChJ ko‘magida taqdim etildi.

O‘zbekistonda maxsus stiker (stiker surati) bilan belgilangan rasmiy NR mahsulotlarini xarid qiling.

Hamkorlik masalalari bo‘yicha quyidagi elektron manzili orqali murojaat qiling: info@ca-dc.uz

Reklama huquqi asosida.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *